Surxondaryo viloyatidagi transport va yo`l ob`yektlari holati o`rganildi
Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatidagi safarini Termiz daryo portida suv transportida xavfsizlikni ta`minlanishini nazorat qilish holati, kemachilik registri bosh inspektorlari faoliyati bilan tanishishdan boshlab ularning ish samaradorligini takomillashtirish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Yo`l sohasidagi ob`yektlarni o`rganishda asosiy e’tibor 2023-yil dasturlariga muvofiq qurilishi tugallangan yo‘l ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyalarining ishida Yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish hududiy bo‘lim inspektorlarining ishtirokiga qaratildi. Ob`yektlar qurilishida amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida sifat ko‘rsatkichilarini ta’sirchan nazoratini olib boorish lozimligi ta`kidlandi.
Temir yo`llardagi xavfli hudud – temir yo`l kesishmalarida avtomobillar va poyezdlar to`qnashuvlari tahlil qilindi hamda qo`riqlanmaydigan kesishmalarni qo`riqlanadiganga o`zgartirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Kesishmalar oldida avtomobillar qatnovini o`rganib chiqish, tegishli yo`l belgilarini o`rnatish va alohida yo`l bo`laklarini ajratish yuzasidan mutasaddilarga ko`rsatmalar berildi.
Safar davomida ko`chma tarozi holati joyiga chiqib o`rganildi hamda Termiz avtoshohbekatidan qatnovchi avtobus haydovchilari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati