Stol tennisi bo‘yicha musobaqada kuchlilar saralandi
Transport nazorati inspeksiyasida Stol tennisi bo‘yicha musobaqada markaziy apparat hamda hududiy bo‘lim xodimlari g‘oliblik uchun o‘zaro kurashga kirishdi. Mazkur sport turida yaxshigina malaka va tajribaga ega bo‘lgan ishtirokchilarning har bir bahsi murosasiz ko‘rinish oldi.
Bellashuvlar davomida barcha raqiblarini mag‘lub etgan Moliya-iqtisod bo‘limi bosh hisobchisi G‘.Nurmatov Inspeksiya boshlig‘ining kubogini qo‘lga kiritdi. Faxrli ikkinchi o‘rinni Avtomobil va suv transportida nazorat Toshkent shahar hududiy bo‘limi bosh inspektori A.Temirov, uchinchi o‘rin esa I.Yetmishev egalladi.
Joriy yil davomida badminton, futbol, bilyard, basketbol va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati