Sport — sogʻlom hayot garovi
11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tasarrufdagi korxona va tashkilotlar xodimlari uchun Yakkasaroy sport sog‘lomlashtirish majmuasida tadbir tashkil etildi.
Ertalabdan mazkur sport majmuasi bayramona bezatilib, 500 nafar ishchi-xodim va ularning farzandlari quvnoq musiqalar jarangi ostida kutib olindi. Tadbir ishtirokchilari musiqa sadolari ostida ommaviy badantarbiya mashqlarini, 5 ming qadamga yurish shartlarini bajarishdi.
Tadbirda Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari ham munosib ishtirok etishdi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati