Sirdaryo viloyatida sayyor qabul o`tkazildi

Transport nazorat inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi, IIB JXX YHXB hamda transport boshqarmasi bilan birgalikda YHXB ma’muriy binosida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida avtotransport yuk va yo`lovchi tashish faoliyati bilan bog`liq qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarining mazmun mohiyati viloyatdagi yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlariga tushuntirildi.

Aholi sonining muntazam ortib borayotganligi tufayli jamoat transportiga qo‘yilgan talab kuchaygani, biroq ba’zi jamoat transportlarida xizmat ko‘rsatish sifati pastligi va belgilangan harakat jadvallariga rioya etilmayotganligi, ayrim haydovchilarning qo‘pol tarzda qoidabuzarliklarni amalga oshirayotganligi, haydovchilarda muomala madaniyatining yetarli emasligi sababli aholi tomonidan murojaatlar sonining ortganligi ta’kidlab o‘tildi.

Shundan so‘ng, korxona rahbarlarini qiziqtirgan savollariga asosli javob va tushuntirishlar berildi. Inspeksiya vakolati diorasidagi masalalar ijobiy hal etildi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati