Ruxsatnomasiz o‘rnatilgan sun’iy notekisliklar javobgarlikka sabab bo‘ladi

Yo‘l harakati qatnashchilari yo‘ldagi boshqa harakat qatnashchilarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasligi va xavf tug‘dirmasliklari kerak. Tegishli vakolatga ega bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga yo‘l qoplamasini buzish, o‘zgartirish yoki zarar yetkazish, ifloslantirish, yo‘l belgilarini, svetoforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa texnik vositalarini o‘zboshimchalik bilan olib tashlash, o‘rnatish, to‘sib qo‘yish, shikastlantirish, yo‘llarda harakatlanishga to‘sqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish, «sun’iy notekislik» qurilmalarini o‘rnatish taqiqlanadi.

Transport nazorat inspeksiyasiga aholidan bu borada kelib tushgan har bir murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, Kibray tumani “Unqo‘rg‘on” MFYda sun’iy notekisliklar o‘rnatilgani bo‘yicha murojaat yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganilib, ruxsatnomasiz o‘rnatilgani aniklandi va bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Eslatib o‘tamiz, avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati