Reyd tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib boriladi

Transport nazorati inspeksiyasi, YHXB va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan hamkorlikda yuk transport vositalarining avtomobil yo‘llarida belgilangan meʼyordan ortiq yuklama bilan harakatlanishiga qarshi butun Respublika bo‘ylab nazorat-reyd tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (https://www.lex.uz/uz/docs/1923902)bilan katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda meʼyorlar beligilangan. Mazkur meʼyorlardan ortiqcha yuk bilan harakatlanish maʼmuriy javobgarlik sabab bo‘ladi hamda transport vositasi saqlash uchun vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati