RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida yo‘nalishli taksi haydovchilari yo‘l haqini assosiz oshirganliklari yuzasidan xabarlar tarqaldi. Jumladan, Bo‘taqara-Eski shahar, Andijon tumani Sho‘ro-Eski shahar, Bo‘ston-Shaxrixon, Ulugʻnor-Baliqchi yo‘nalishlarida yo‘l haqi oshganligi yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorati Andijon viloyati hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganildi reyd tadbirlari o‘tkazildi va haydovchilarga tushuntirish ishlari olib borildi.
Reydlar davomida yo‘l haqqi narxini asossiz oshirgan, tegishli tartibda yo’lovchi tashish uchun litsenziya varaqasi mavjud bo’lmagan haydovchilarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Nazorat tadbirlari muntazam davom etmoqda.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati