Rasmiy munosabat
Samarqand viloyatida xizmat faoliyatini bajarib turgan inspektorini «Damas» avtomashinasi haydovchisi qasddan urib ketgani yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Avtomobil va suv transportida nazorat Samarqand viloyati hududiy bo‘limi bosh inspektori Jasur Asqarovni «Damas» haydovchisi chap oyog‘ini bosib ketgan.
Bo‘lib o‘tgan hodisadan so‘ng J.Asqarov tez tibbiy yordamga murojaat qilgan va yashash joyidagi shifoxonada ambulator holatda davolangan.
IIB tomonidan transport vositasi vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati