Rasmiy munosabat

Farg‘ona viloyatida yakuniga yetmagan temir yo‘l qurilish ishlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan video xabar (https://t.me/Jonli_Bolta/68796) yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasining Farg‘ona hududiy bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi va quyidagilar aniqlandi.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video xabar 2023 yil qish faslida olinganligi maʼlum bo‘ldi. Video xabardagi shoxobcha temir yo‘li Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida joylashgan “Qo‘qon erkin iqtisodiy zona direksiyasi” DUK hududida bo‘lib, hozirgi vaqtda temir yo‘l izlari qo‘yilgani maʼlum qilamiz. Loyiha hujjatlariga asosan mazkur temir izlar shoxobcha temir yo‘li orqali Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialining Qaqir stansiyasiga tutashgan.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati