Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Daryo trans xodimlari bilan qanday gaplashish kerak?” sarlavhasi ostida chiqqan vidoxabar Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi va quyidagilarni maʼlum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 668-son qaroriga asosan Transport nazorati inspeksiyasi avtomobil va suv transporti nazorati yo‘nalishi bo‘yicha

- avtotransport vositasida yuk va yo‘lovchilar tashish qoidalarining buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslamalar yordamida aniqlanganda, avtotransport vositasini yuk va yo‘lovchi tashishni nazorat qilish bo‘yicha reyd tadbirlarida, statsionar va mobil postlarda tekshirish uchun to‘xtatish;

- statsionar va mobil postlarda reyd tadbirlari jarayonida tekshirish uchun transport vositasini to‘xtatishda maxsus chiroq-mayoqcha, ovoz kuchaytirgich moslama, qo‘l yoki jezl ishoralaridan foydalanish;

- nazorat tadbirlari davomida huquqbuzarlikni aniqlash maqsadida avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchilar bilan suhbat olib borish huquqiga ega ekanliklarini maʼlum qilamiz.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati