Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar 27-sonli yo‘nalishida litsenziyasiz yo‘lovchi tashilayotgani yuzasidan Transport nazorat inspeksiyasining Avtomobil va suv transportida nazorat Andijon viloyati hududiy bo‘limi o‘rganib chiqib quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Murojaatga asosan, 27-sonli yo‘nalish bo‘yicha reyd tadbirlari olib borildi hamda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish qonun hujjatlariga asosan harakatlanishi bo‘yicha haydovchilar o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

Mazkur yo‘nalishda litsenziya varaqasi mavjud bo‘lmagan haydovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176.3-moddasi bo‘yicha Ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, Andijon viloyati hokimining "Yo‘l haqqi tariflari to‘g‘risida"gi №238-1-0-Q/23 qarorining mazmun-mohiyati tushuntirilib, yo‘l kira narxini asossiz oshirmaslik tushuntirildi.

Barcha haydovchilar tegishli tartibda aholiga pullik transport xizmatini ko‘rsatishda litsenziya varaqasi asosida amalga oshirishingizni so‘rab qolamiz.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati