Rasmiy munosabat

“KESHNEWS” telegram kanalida Damaslar 4 ming so'mga ko'tarilibdi sarlavhasi ostidagi xabar yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Qashqadaryo viloyati hududiy bo`limi xodimlari tomonidan  Shahrisabz shahrida yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanayotgan tashuvchi korxona rahbarlari va haydovchilar o'rtasida yo`l kira narxlarini asossiz oshirib yubormaslik, yo'lovchilar bilan xush muomalada bo'lishlari to'g'risida profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Profilaktik tadbirlar bilan birga mazkur yo'nalishlarda reyd tadbirlari o'tkazilib noqonuniy yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanayotgan haydovchilarga belgilangan tartibda ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati