Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona shaxar transport vositalarini nazarot qilish uchun tegishli masullar bormi?” sarlavhali xabar Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi va quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Mazkur holat Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda 30- sonli FNQZ shifoxonasi - Markaz Ipakchilar shaxarchasi yo‘nalishidagi yo‘nalishli taksilar hozirgi kunda 3000 so‘mdan, oxirgi bekatga qadar borsa 4000 so‘mdan yo‘l haqqi evaziga qatnab kelayotganligi aniqlandi. Ijtimoiy tarmoqda chiqqan holat bo‘yicha, haydovchida 1000 so‘mlik qaytim bo‘lmaganligi sababli 5000 so‘m olganligi aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha korxona rahbari va haydovchilarga ogohlantirish berildi hamda yo‘l haqqini asossiz oshirmaslik, qatʼiy belgilangan tarifda qatnovlarni amalga oshirish lozimligi tushuntirildi.

Mazkur yo‘nalish Transport nazorat inspeksiyasining qatʼiy nazoratiga olindi hamda Tender shartnomasi talablarini buzilgani holati yuzasidan Farg‘ona viloyati Transport boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi. 

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati