Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Toshkent davlat transport universitetida Transport nazorati inspeksiyasi boshlig`ining o`rinbosarlari – A.Abduraxmanov va B.Qoraboyev hamda talaba yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida inspeksiyaning asosiy faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma`lumot berildi. Yetuk kadr bo`lib yetishish uchun nimalarga e`tibor qaratish lozimligi hayotiy misollar bilan tushuntirildi. Nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg`un holda olib borish lozimligi ta`kidlandi.
Ochiq muloqot tarzda o‘tgan tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan atroflicha javob oldilar.
Tadbir so‘ngida, ta`limda namuna ko`rsatayotgan, shuningdek, uchrashuvda faol tarzda qatnashgan bir guruh talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati