Qurilish ob'yektlarida yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklarga nisbatan jiddiy choralar ko'rilmoqda.

Transport nazorati inspeksiyasi Yo‘l-qurilish ishlarini nazorat qilish Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi tomonidan G‘uzor tumanidagi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘llarning 0-5 km qismini rekonstruksiya qilish ob’ektida qurilish–montaj ishlari sifatining ta’minlanishi hamda me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etilishini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi hamda shaharsozlik normalari, qoidalari va loyiha talablari buzilish holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qoidabuzilishlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida pudratchi tashkilotga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan bo‘lib, bartaraf etish muddati 2024-yil 10-may etib belgilangan. Shuningdek, mazkur holat yuzasidan pudratchi tashkilot vakiliga nisbatan tegishli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudiga yuborilgan.

Shu bilan birga, 77 mln. so‘mlik sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlarini to‘lovdan chiqarish bo‘yicha buyurtmachiga talabnoma kiritilgan.

Ammo, mas`ularga kiritilgan ko‘rsatma va talabnomaning ijrosi ta’minlanmaganligi sababli, pudratchi va buyurtmachi atshkilot xodimlarining hatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun to‘plangan materiallar Qarshi transport prokuraturasiga yuborildi. Hozirgi kunda Qarshi transport prokuraturasi tomonidan daslabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati