Qurbon hayiti-ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olindi.
Mehr va saxovat ko‘rsatib yashash xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. Shu sababli har birimiz yon-atrofimizda yordamga muhtoj kishilarga qo‘limizdan kelgancha yaxshilik qilsak, ayni muddao bo‘ladi.
Bugun Transport nazorat inspeksiyasi Namangan viloyati xududiy bo‘limi va Qo‘g‘ay MFY mutasaddilari tomonidan tumandagi nogironligi bo‘lgan, betob, ijtimoiy himoyaga muhtoj 10 ta oilaga oziq-ovqat maxsulotlari tarqatilib, ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olindi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati