Qoraqalpog‘iston Respublikasi temir yo‘l transportida nazorat hududiy bo‘limi tomonidan o'tkazilgan o‘quv seminari
Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi temir yo‘l transportida nazorat hududiy bo‘limi tomonidan Qo‘ng‘irot tumanida joylashgan shoxobcha temir yo‘llariga ega “Uz-Kor Gas Chemisal” qo‘shma korxonasida o‘quv seminari o‘tkazildi.
O‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 668-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Inspeksiyaning temir yo‘l transporti sub’ektlarining yuk va yo‘lovchi tashishda harakatdagi temir yo‘l tarkibi, texnik vositalari, jihozlari va infratuzilmasi ob’ektlarini ishchi holatda saqlash, ekspluatatsiya qilish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilishi va boshqa funksiyalari to‘g‘risida tushuntirish berildi.
Axborot xizmati