Qo`ng`irotda o`quv seminari tashkil etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi temir yo‘l transportida nazorat hududiy bo‘limi tomonidan Qo‘ng‘irot tumanida joylashgan shaxobcha temir yo‘llariga ega MChJ shaklidagi “QO‘NG‘IROT SODA ZAVODI” qo‘shma korxonasida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 668-son qarori hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” mazmun-mohiyati tushuntirildi.
2026-yil 1-yanvardan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi ob’ektlaridan foydalanish taqiqlanishi yuzasidan tushuntirish berildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati