Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani, Ravot MFY aholisi tomonidan Shahrisabz shahri-Ravot MFY yo‘nalishiga jamoat transportini yo‘lga qo‘yish va yo‘l kira narxini tushirish yuzasidan ko‘plab murojaatlar tushganligi sababli mahalliy aholi vakillari uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari J.Radjabov, viloyat Transport boshqarmasi, tumani IIB va YHX bo‘linmasi rahbarlari ishtirok etishdi. Aholidan tushgan murojaatlar, muammo va takliflar mas’ullarning vakolati doirasida ko‘rib chiqildi va tushuntirishlar berildi.
Jumladan, inspeksiya xodimlari yo‘l kira narxining asossiz oshrilishi yuzasidan muntazam ravishda nazorat va profilaktik tadbirlar olib borilayotganini va bu jarayon muntazam davom etishini tushuntirishdi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati