Profilaktika ishlari reja asosida davom etmoqda
Transport nazorati inspeksiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy temir yoʻl boʻlimi bosh inspektorlari tomonidan Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli tasarrufidagi korxonalar va idoraviy shaxobcha temir yo‘llariga ega tadbirkorlik subyektlarida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Beruniy stansiyasida o‘tkazilgan tadbirda signallashtirish va aloqa xo‘jaligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Seminarda uzel hududida 2024-yil yanvar oyida harakat xavfsizligida yo‘l qo‘yilgan nuqsonli ishlar sabablari muhokama qilindi va mazkur holatlarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati.