Profilaktik tadbirlar davom etmoqda

 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi markaziy apparati va filial xodimlari tomonidan temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida nazorat va profilaktik  tadbirlar davom ettirilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo filialida Elektr taʼminoti xo‘jaligi bo‘yicha navbatdagi seminar Termiz stansiyasi ECH-7  korxonasida tashkil etildi.  Mazkur tadbirda dastlab 2022 yilning dastlabki choragi davomida harakat xavfsizligi buzilish holatlari tahlil qilindi. Harakat xavfsizligi buzilishiga olib kelgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining “Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i talablari yuzasidan tushuntirish berildi.

Elektr taʼminoti xo‘jaligida olib borilgan rejaviy ishlarni bajarishda ishchi xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklar boshqa kamchiliklar keltirib chiqishlariga sabab bo‘layotgani va buni oldini olishda nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi tushuntirildi.  Shuningdek kontakt tarmog‘ida avariyaviy tiklash ishlarini amalga oshirishda brigada aʼzolari tomonidan qisqa muddatlarda tiklash ishlarini olib borish taʼkidlab o‘tildi.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati