Profilaktik tadbirlar reja asosida davom etmoqda

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining markaziy apparati va filiallari inspektorlari ishtirokida karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasiga qarashli Kogon temir yo‘l stansiyasidagi profilaktik tadbirda stansiya boshlig‘i, navbatchisi, poyezd tuzuvchisi, signalchilar ishtirok etishdi. Buxoro filialining tashishlar xo‘jaligi bo‘yicha bosh inspektori A.Nizomov ishtirokchilarning har biriga stansiyaning boshqaruv pult tablosidagi “SSB” qurilmasining nosoz holatida, ya’ni strelkali o‘tkazgichlarning boshqaruv pult tablosidan boshqaruvi yo‘qolganda, boshqaruv pult tablosida temir yo‘llarning yolg‘ondan band yoki bo‘sh bo‘lib qolganida va boshqa holatlarda poyezdlarni xavfsiz qabul qilib jo‘natish manyovr ishlarini olib borishda normativ hujjatlar talablaridan kelib chiqib, qanday amalga oshirilishi amaliy tarzda ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, poyezdlar xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga qaratilgan     DU-3, DU-46, DU-47, DU-50, DU-55, DU-57, DU-58, DU-60, DU-61, DU-64, DU-52, VU-14, PU-80a kabi texnik hujjatlar yuritilishi batafsil to‘xtalib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar takrorlanmasligi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi tushuntirildi.

Buxoro viloyatida 2020 - yil 27 - apreldan 28 - aprelga o‘tar kechasi o‘ta kuchli shamol (25-35 m/s) kuzatilganligi tufayli asosiy e’tibor harakat tarkibining qochishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan chora tadbirlar ijrosini ta`minlash, vagonlarni tormoz boshmoqlari bilan qotirilishi, texnik holati, tormoz boshmoqlariga kleymo qo‘yilishi va ularning saqlanishiga qaratildi. Profilaktik ishlar davomida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf qilinib, kamchiliklar mazmun mohiyati va takrorlanmasligi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Kogon temir yo‘l stansiyasidan Qorovulbozor temir yo‘l stansiyasiga shaxobcha yo‘lida gazokondensat xavfli yuki vagonga ortib jo‘natilishi inobatga olinib ushbu xavfli yukni tashish uchun qabul qilish va harakat tarkibini yuk ortishga tayyorlash (shtempellarning mavjudligi, yuk hujjatlarining tayyorlanishi, javobgar shaxslar, yuk ortish bo‘yicha texnik shartlar) va xavfli yuk ortilgan vagonlarga maxsus trafaretlarni o‘rnatilganligi katta yuk qabul qilib topshiruvchi G.Xasanova va katta yuk xazinachisi G.Xolnazarovalar ishtirokida o‘rganilib, kerakli ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur profilaktik tadbir stansiyada poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynashi tayin.

 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati