Press-tur
Namangan viloyatida tashkil etilgan press-turda OAV xodimlari inspektorlar tomonidan tashishlar faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanayotgan haydovchilarga qarshi olib borilayogan reyd va profilaktik tadbirlari jarayonlariga guvoh bo`lishdi.
Shuningdek, og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda belgilangan me’yorlarga amal qilinishini nazorat qilish maqsadida o‘rnatilgan ko‘chma tarozilar faoliyati, ishlash tartibi, qoidabuzarlarga belgilangan jazo turlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Transport nazorati inspeksiyasi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va YHXB xodimlari bilan hamkorlikda olib borilayogan reyd tadbirlari maqsad-mohiyati, belgilangan me’yorlardan ortiq yuk bilan harakatlanayotgan yuk avtomobillarining yo‘llar sifatiga salbiy ta’siri tushuntirildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati