Poytaxt ko‘chalari bo‘ylab press-tur tashkil etildi
"Avtomobilsiz kun" aksiyasi doirasida, Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Toshkent shahar bo`limi, Toshkent shahar IIBB YHXB, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Toshkent Davlat Transport universiteti talabalari hamda OAV xodimlari hamkorligida poytaxt ko’chalari bo'ylab "Press Tur" tashkil etildi.
Mas’ul xodimlar kundalik qatnovlarda shaxsiy avtomobillarda emas balki jamoat transportidan keng foydalagan holda harakatlanish maqsadga muvofiq ekanligi hamda yo'l-transport hodisalarining kelib chiqish omillari va shu kabi holatlarning oldini olishga qaratilgan targ’ibot va tashviqot ishlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Shuningdek, barcha ishtirokchilar va OAV xodimlari “Erkin” YPX maskanida faoliyat olib borayotgan Transport nazorati inspeksiyasi va Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining qo‘shma reyd tadbirlari guvohiga aylanishdi. Nazorat tadbirlari davomida kabotaj tashuvlarini - ya’ni xorijiy tashuvchilarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarida yo‘lovchilar va yuklarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar o‘rtasida tashishni oldini olish, yuk avtomobillarining vazn va hajm parametrlariga rioya qilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati