Polsha davlatiga xizmat safari boshlandi

Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov boshchiligidagi delegatsiya Polsha davlatiga xizmat safari bilan yetib bordi. O‘zbekistondan tashrif buyurgan mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi elchixonasi vakillari, “Infolab Narloch” kuzatuv a’zolari Varshava aeraportida kutib olishdi. Tomonlar mazkur uchrashuvda o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni rivojlantirish hamda xizmat safari davomida amalga oshiriladigan ishlarni kelishib olishdi.

Inspeksiya xodimlari safar davomida “Infolab Narloch” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladigan taxograflardan ma’lumotlarni ko‘chirib olish qurilmalari (kardriderlar) va ma’lumotlarni saqlash hamda monitoring qilish axborot tizimi “Tachospeed” ish faoliyati bilan yaqindan tanishish va tizim imkoniyatlarini mamlakatimizda qo`llash maqsadida puxta o‘zlashtirishni maqsad qilishgan.

Shuningdek, Polshaning transport vositalarida taxograflarni bevosita tekshirish bilan shug‘ullanuvchi inspeksiya vakillari bilan samarali hamkorlik qilish ko`zda tutilgan.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati