O'zbekiston lokomotiv deposida muһіm masalalar muhokama qilindi
Transport nazorati inspeksiyasi Temir yo'l transporti va metropolitenda nazorat boshqarmasi va Toshkent shahar hududiy bo'limi xodimlari tomonidan "O'zbekiston lokomotiv deposi"da depo rahbariyati, mashinistlar, mashinist yordamchilari, instruktor murabbiylar bilan "Harakat xavfsizligi" kunida temir yo'l kesishmalarida poezdlar va avtomobillarning to'qnashuvlarni oldini olish va temir yo'l kesishmalarini tubdan isloh qilish mavzusida profilaktik tadbir o'tkazildi.
Tadbirda 2023-yilda temir yo'llarda 98 marotaba harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog'liq hodisalarga yo'l qo'yilgani va shulardan 35 tasi ishdagi hodisalar sifatida, 63 tasi ishdagi alohida hodisalar sifatida tasniflangan.
2024-yil 22-may kuni Toshkent yuk stantsiyasida tartibga solinmagan temir yo'l kesishmasida yuk poezdi va yuk avtomobilining to'qnashuvi sabablari muhokama qilindi.
Ushbu to'qnashuvni mashinist va mashinist yordamchisi oldini olishi mumkinligi va bunda qanday harakat qilishi lozimligi tushuntirildi.
Shuningdek, joriy yil 29-may sanasida "To'qimachi" stansiyasiga tutashgan shaxobcha yo'lida manyovr teplovozi "King Long" rusumli avtobus bilan to'qnashuv sodir etilgani va ushbu holat vujudga kelish sabablari tahlil qilindi hamda takrorlanmasligi uchun tavsiyalar berildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati