Qonunchilik hujjatlarida qanday o‘zgarishlar mavjud?
Muntazam ravishda tashkil etib kelinayotgan maʼrifat soatlarning navbatdagisida inspeksiya tomonidan ishlab chiqilgan 3 ta texnik reglament bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihaning mazmun mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, ushbu texnik reglamentlar tasdiqlangach, kutilayotgan o‘zgarishlar haqida maʼlumot berildi. Loyihalarning maqsadi - inson hayoti va sog‘lig‘ini, jismoniy va yuridik shaxslar, davlatning mol-mulkini himoyalash, atrof muhit, jonivorlar va o‘simliklar hayoti yoki sog‘ligini muhofaza qilish, shuningdek xaridorlar va isteʼmolchilarni (foydalanuvchilarni) uning vazifasi va xavfsizligiga nisbatan adashishiga olib keluvchi harakatlardan ogohlantirish maqsadida, harakatdagi temir yo‘l sostavi va uning tarkibiy qismlari, temir yo‘l infratuzilmasi va uning tarkibiy qismlari hamda elementlari xavfsizligiga loyihalash, ishlab chiqarish va modernizatsiya qilishda qo‘yiladigan yagona majburiy talablarni belgilashdan iborat.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2021 yil 24 fevraldagi 2-mh-son buyrug‘i va mazkur hujjat mazmun mohiyati xodimlarga tushuntirildi. Ishlab chiqiladigan NHH loyihalari mazkur buyruq talabalaridan kelib chiqib korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish lozimligi taʼkidlandi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati