Obodonlashtirish ishlarida har birimiz mas’ulmiz
Bugun erta tongdan “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharida Transport nazorati inspeksiyasi markaziy apparati va barcha hududiy bo‘lim xodimlari o‘z hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirib, faol ishtirok etishmoqda.
Navro‘z bayrami hamda muborak Ramazon oyida tashkil etilgan ushbu ezgu tadbirda xodimlar uyushqoqlik bilan bino va unga tutash hududlar, ko‘chalar va tevarak-atrofni tozalab, tartibga keltirishmoqda.
Daraxtlar oqlandi, gulzorlar ham yangicha qiyofa kasb etdi. Mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib har bir hudud obodonlashtirilmoqda.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati