Qo‘ng‘irot lokomotiv deposida seminar

Inspeksiyaning Orolbo‘yi filiali xodimlari tomonidan temir yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlanishi ustidan nazorat tadbirlari bilan birgalikda profilaktik ishlar ham davom ettirilmoqda. Iyun oyi davomida filial xodimlari tomonidan 55 ta profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Unda jami 270 nafardan ziyod temiryo‘lchilar bilim va malakalarini mustahkamlab olishdi.  

Qo‘ng‘irot lokomotiv deposida o‘tgan seminarda dastlab 2021 - yilning  ortda qolgan davrida qayd etilgan harakat xavfsizligini taʼminlashdagi nuqson holatlari va ularni keltirib chiqargan sabablar tahlil qilindi. Nuqson holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, harakat xavfsizligini taʼminlashda nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan tavsiyalar berildi. Lokomotivlarni texnik ko‘rikdan qabul qilish va lokomotivning ekspluatatsiya davomida barcha parametrlarini nazorat qilish yuzasidan ham yig‘ilganlarga tushuntirish berildi. Shuningdek, lokomotiv xo‘jaligi bo‘yicha normativ hujjatlar mazmun-mohiyati va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati