Yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, yo‘lovchi tashuvlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Surxondaryo viloyat hududiy bo‘limi tomonidan Termiz shahrida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Reyd tadbirlari davomida litsenziyasiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati