Nazorat reyd tadbirlari davom etmoqda

Transport nazorat inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Andijon viloyat hududiy bo‘limi, Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi YHXB bilan hamkorlikda Baliqchi tumani hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R-112 "Farg‘ona halqa yo‘li" avtomobil yo‘lining 101 km qismida joylashgan maxsus punktda transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish yuzasidan nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur hududda transport vositalarining vazn va hajm parametrlari o‘lchovini amalga oshirish uchun maxsus uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, uzluksiz ravishda faoliyat yuritmoqda.

Nazorat tadbiri davomida  belgilangan me’yordan ortiqcha yuk bilan harakatlanayotgan transport vositalari haydovchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, bu kabi holatlarni oldini olish yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati