Nazorat - ijtimoiy masalalarda eng maqbul yechim

Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorat inspeksiyasi Andijon viloyati bo'limi, Andijon viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi va tarkibidagi Andijon Mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi xizmati DM mas'ullari ishtirokida "Tashabbusli budjet" loyihasining 2024 yil I-mavsumi doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ichki yo'llarni ta'mirlash ob'yektlarida bajarilgan ishlar sifatini nazorat qilish va ularni qabul qilib olishni belgilangan tartibda amalga oshirish yuzasidan pudratchi tashkilot rahbarlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish davomida, buyurtmachi xizmati tomonidan ob'yektlarda qurilish ishlarini bajarishda va qabul qilishda olib boriladigan umumiy nazorati, shaharsozlik normalari va qoidalari, sertifikatlarga mos kelmaydigan nuqsonli holatlarda dalolatnomalar rasmiylashtirish va ob'yektda ta'mirlash ishlarini ta'qiqlash yuzasidan chora-tabdirlar amalga oshirilishi borasida ta'kidlab o'tildi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati