Namangan viloyatida reyd tadbirlari davom etmoqda
Transport nazorat inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Namangan viloyati hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan reyd va targ‘ibot tadbirlar o`tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida tender talab shartlariga amal qilmayotgan hamda noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanuvchi haydovchilarga nisbatan tegishli choralar ko`rilmoqda.
Shuningdek, haydovchilar o‘rtasida asossiz ravishda yo‘l haqqini oshirmasliklari borasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati