Murojaatlar tahlili - birinchi yarim yillik yakuni bo‘yicha
Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasida 2024 yil birinchi yarim yillik yakuni bo‘yicha
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan tahlil
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasiga 2024 yil yanvar-iyun oylari yakuni bo‘yicha Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 1785 ta murojaatlar kelib tushgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning shu davriga nisbatan 2169 ta ya’ni, 17,7% (384 ta) ga kamaygan.
Joriy yilni 6 oyi davomida kelib tushgan 1785 ta murojaatni tahlilga e’tibor qiladigan bo‘lsak:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti portali orqali 1085 ta;
- pochta aloqa vositalari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri 599 ta;
- ishonch telefoni orqali 76 ta (13 tasi sayyor qabul, 63 tasi ishonch telefoni orqali);
- Transport nazorati inspeksiyasi veb-sayti orqali 12 ta;
- tadbirkor qabulxonasi (https://kb-business.gov.uz) orqali 8 ta;
- Ekspertchilar markazi orqali5 ta murojaatlar kelib tushgan.
Andijon viloyatida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan (98/50)
38 taga, Qashqadaryo viloyatida (103/61) 42 taga, Sirdaryo viloyatida (33/13) 20 taga, Surxondaryo viloyatida (75/47) 28 taga, Farg‘ona viloyatida (195/127) 68 taga, Xorazm viloyatida (144/118) 26 taga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
Bu masalada rahbarning buyrug‘i asosida javobgar etib biriktirilgan markaziy apparat mas’ullari va joylardagi rahbarlar qanaqangi chora- tadbirlarni rejalashtirmoqda?
Transport nazorat inspeksiyasi sohaviy yo‘nalishlari bo‘yicha tahlillarga qaraydigan bo‘lsak:
- Avtomobil va suv transporti nazorat boshqarmasiga – 1649 ta;
- Yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish boshqarmasiga – 130 ta;
- Temir yo‘l transporti va metropoliten nazorati boshqarmasiga – 6 ta murojaatlar kelib tushgan.
Inspeksiyaga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra:
648 tasi to‘liq qanoatlantirilgan;
934 tasiga tushuntirish berilgan;
116 tasiga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan;
26 tasi ko‘rib chiqilishi tugatilgan;
9 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan yoki anonim bo‘lgan;
Ayni vaqtda 52 tasi o‘rganish jarayonida.
Jumladan, bu raqamlarni viloyatlar va sohaviy yo‘nalishlar kesimidagi tahlilga qaraydigan bo‘lsak, Avtomobil va suv transporti nazorat boshqarmasi sohasiga doir jami – 1649 ta (92,3 %) murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shulardan;
- yo‘lkira masalasi – 556 ta, (Toshkent viloyati – 106 ta, Farg‘ona – 79 ta, Andijon – 72 ta, Qoraqalpog‘iston R. – 64 ta, Namangan – 49 ta, Buxoro – 43 ta, Qashqadaryo – 34 ta va qolganlari 20 tadan kam bo‘lganlar);
- Noqonuniy yo‘lovchi tashish va harakat jadvaliga rioya etmaslik masalasi - 475 ta, (Qoraqalpog‘iston R. – 116 ta, Toshkent viloyati – 74 ta, Farg‘ona – 65 ta, Xorazm – 61 ta, Samarqand – 33 ta, Buxoro – 29 ta, Jizzax – 25 ta va qolganlari 15 tadan kam bo‘lganlar);
- reyd tadbirlari masalasi - 125 ta (Qoraqalpog‘iston R. – 45 ta, Toshkent viloyati – 39 ta, Farg‘ona – 9 ta, Namangan – 9 ta, Toshkent shahar – 7 ta va qolganlari 5 tadan kam bo‘lganlar);
- xodimlarni xatti-harakatlari masalasi – 107 ta (Xorazm – 17 ta, Samarqand – 17 ta, Farg‘ona – 16 ta, Toshkent viloyati – 13 ta, Namangan – 10 ta, Andijon – 7 ta, Toshkent sh. – 6 ta, Buxoro – 5 ta, Qashqadaryo – 5 ta va qolganlari 4 tadan kam bo‘lganlar);
- boshqa masalalar yuzasidan – 386 tani, ya’ni 21,6 % tashkil etadi.
Yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish boshqarmasi sohaviy yo‘nalishiga tegishli bo‘lgan murojaatlar jami – 130 ta (7,3 %) bo‘lib;
- yo‘l qazish ishlari masalasida – 30 ta, (Toshkent, Samarqand viloyatlari – 4 tadan, Toshkent shahar, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarida – 3 tadan, Andijon, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida – 2 tadan);
- ko‘priklar holati yuzasidan – 3 ta, (Toshkent shahar, Jizzax va Xorazm viloyatlaridan – bittadan);
- sun’iy notekisliklar masalasida – 23 ta, (Toshkent viloyatida – 10 ta, Toshkent shahar – 5 ta, Samarqand – 3 tadan, Namangan – 2 ta va qolganlari bittadan);
- yo‘l ta’mirlash va boshqa masalalar – 73 ta (Toshkent – 19 ta, Toshkent shahar – 15 ta, Samarqand – 10 ta, Namangan – 7 ta, Navoiy – 5 ta, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida – 4 tadan va qolganlarida
2 tadan)ni tashkil etadi.
Bu masalada markaziy apparat mas’ullari va joylardagi rahbarlar qanaqangi tadbirlarni rejalashtirmoqda?
Inspeksiyaga 2024 yil iyun oyi davomida Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 228 ta murojaatlar kelib tushgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning shu davriga nisbatan 286 ta ya’ni, 20,2%
(58 ta) ga kamaygan.
Joriy yilni iyun oyi davomida kelib tushgan 228 ta murojaatni tahlili bo‘yicha:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti portali orqali 163 ta;
- pochta aloqa vositalari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri 51 ta;
- ishonch telefoni orqali 7 ta (1 tasi sayyor qabul, 6 tasi ishonch telefoni orqali);
- Transport nazorati inspeksiyasi veb-sayti orqali 2 ta;
- Ekspertchilar markazi orqali5 ta murojaatlar kelib tushgan.
- Avtomobil va suv transporti nazorat boshqarmasiga – 211 ta;
- Yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish boshqarmasiga – 14 ta;
- Temir yo‘l transporti va metropoliten nazorati boshqarmasiga – 3 ta murojaatlar kelib tushgan.
t/r |
Viloyatlar nomi |
2024-yil |
2023-yil |
1. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
43 |
46 |
2. |
Andijon viloyati |
9 |
11 |
3. |
Buxoro viloyati |
15 |
16 |
4. |
Jizzax viloyati |
12 |
11 |
5. |
Qashqadaryo viloyati |
16 |
18 |
6. |
Navoiy viloyati |
9 |
10 |
7. |
Namangan viloyati |
11 |
12 |
8. |
Samarqand viloyati |
15 |
12 |
9. |
Sirdaryo viloyati |
5 |
4 |
10. |
Surxondaryo viloyati |
14 |
13 |
11. |
Toshkent viloyati |
26 |
53 |
12. |
Farg‘ona viloyati |
25 |
29 |
13. |
Xorazm viloyati |
17 |
26 |
14. |
Toshkent shahri |
11 |
25 |
j a m i |
228 |
286 |
Transport nazorat inspeksiyasi sohaviy yo‘nalishlari bo‘yicha tahlillarga qaraydigan bo‘lsak:
Inspeksiyaga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra:
79 tasi to‘liq qanoatlantirilgan;
76 tasiga tushuntirish berilgan;
15 tasiga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan;
4 tasi ko‘rib chiqilishi tugatilgan;
2 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan yoki anonim bo‘lgan;
Ayni vaqtda 52 tasi o‘rganish jarayonida.
Transport nazorati inspeksiyasi rahbariyati tomonidan 2024 yil
1-yarim yillik uchun “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasiga asosan, ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganib chiqish bo‘yicha sayyor qabullarni tashkil etish yuzasidan tasdiqlangan jadvalga asosan Andijon va Xorazm viloyatlarida sayyor qabullar o‘tkazildi.
Ushbu qabulda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 10 ta murojaatlar qabul qilingan bo‘lib, uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish bayoni va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan hamda hududiy bo‘linmalar mas’ullari tomonidan ijrosi ta’minlangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, Transport nazorat inspeksiyasining hududiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan 2024 yil 1-yarim yillik davomida Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor shaxsiy qabul qilish bo‘yicha tasdiqlangan reja-jadvalga asosan quyidagi hududiy bo‘linma rahbarlari tomonidan joylarda sayyor qabullar o‘tkazildi.
Toshkent viloyati – 1 ta
Surxondaryo viloyati – 2 ta
Samarqand viloyati – 5 ta,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3 ta,
Buxoro viloyati – 1 ta
Andijon viloyati – 1 ta.
Ushbu qabulda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 13 ta murojaatlar qabul qilingan bo‘lib, ularning ijrosini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bayonlari va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan hamda hududiy davlat inspektorlari tomonidan ijrosi ta’minlangan.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati