Murojaatlar tahlili - 2023 yil yakuni bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorat inspeksiyasida
2023 yil 4-chorak hamda yil yakuni bo‘yicha Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan tahlil
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorat inspeksiyasiga 2023 yil 4-chorak hamda yil yakuni bo‘yicha Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 1248 ta murojaatlar kelib tushgan. Ushbu ko‘rsatkich 2022-yilning shu davriga nisbatan 56,5% ga oshgan (2022-yil davomida 543 ta murojaat kelib tushgan).
Shulardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti portali orqali
713 ta, Pochta aloqa vositalari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri 312 ta, Ishonch telefoni orqali, 140 ta (41 tasi sayyor qabul, 99 tasi ishonch telefoni orqali), Transport nazorat inspeksiyasi (“O‘zyo‘linspeksiya”) veb-sayti orqali 71 ta, tadbirkor qabulxonasi (https://kb-business.gov.uz) orqali 2 ta, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi orqali 10 ta murojaatlar kelib tushgan.
Transport nazorat inspeksiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagilar:
- Avtomobil va suv transportida nazorat boshqarmasiga – 498 ta, (avvalgi davrda xisobot yuritilmaganligi ma’lum qilindi) 4-oylik;
- Yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish boshqarmasiga – 568 ta, 1 yillik;
- Temir yo‘l transporti va metropoliten nazorati boshqarmasiga - 182 ta,
1 yillik;
Transport nazorat inspeksiyasiga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra:
Qanoatlantirildi – 201 ta;
Tushuntirish berildi – 716 ta;
Tegishliligi bo‘yicha yuborildi – 262 ta;
Ko‘rib chiqish tugatildi – 20 ta;
Ko‘rmasdan qoldirildi yoki anonim – 3 ta;
O‘rganish jarayonida – 46 ta.
Transport nazorat inspeksiyasiga kelib tushayotgan murojaatlarni O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi, xususan “Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi”ga ko‘ra murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish holatlari kechiktirilayotganligi, kelib tushgan murojaat bo‘yicha rasmiylashtirilgan xat-hujjatlarni belgilangan ijro muddatning oxirgi kunida tizimga biriktirilishi muommolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Jumladan, Yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish davlat inspektorlari tomonidan (Buxoro, Surxondaryo, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri) belgilangan ijro muddaitning oxirgi kunida murojaatlarni ko‘rib chiqilayotganligi natijasida murojaatchilarga va ijro orqali murojaatlarni yopishda kechikishga olib kelmoqda.
Shuningdek, Transport nazorat inspeksiyasiga kelib tushgan murojaatlarni Davlat inspektorlari tomonidan sovuqqonlik va bee’tiborlik bilan ko‘rib chiqish natijasida muddatidan kechikish holatlari ham yuzasiga kelmoqda.
Masalan: Yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish davlat inspektorlari Surxondaryo viloyati - 9 kunga (01.12.23-yil kelib tushgan, P-271-son,
24.12.23-yil M-521-son javob xat), Farg‘ona viloyati – 15 kunga (21.11.2023-yil O-38-son, 20.12.2023-yil M-470-son javob xat), Samarqand viloyati – 2 kunga (29.11.2023 yil kelib tushgan, P-266-son, 16.12.2023 yil M-443-son javob xat), Toshkent shahri – 4 kunga (27.11.2023-yil kelib tushgan, P-246-son, 16.12.2023-yil M-442-son javob xat)
Bundan tashqari, Transport nazorat inspeksiyasiga kelib tushgan murojaatlarni Davlat inspektorlari tomonidan sovuqqonlik va bee’tiborlik bilan ko‘rib chiqish natijasida murojaatlar taroran kelishi ko‘paygan.
Masalan: Avtomobil va suv transportida nazorat Toshkent viloyati Chirchiq shahri, Adolat MFY, 9-m-r, 29-uy, 17-xonadonda yashovchi “XAYRLI SAFAR” MChJ rahbari A.A.Smatullaev tomonidan “Litsenziyasiz faoliyat olib borayotganlar ustidan noroziligi” bo‘yicha 5 marotaba; Shu o‘rinda, mazkur takroriy murojaatlar orqasidan Transport prokuraturasiga rahbariyat chaqirtirilgan.
Toshkent viloyati Olmaliq shahri, Saxovat MFY, Ramazonova ko‘chasi,
4-uyda yashovchi fuqaro K.Apkarimov tomonidan “Kosmos mahallasi oldida damas taksilari litsenziyasiz faoliyat olib borayotganligi hamda kechki payt janjal bo‘lishi natijasida aholi tinchligi buzilayotganligi” bo‘yicha 4 marotaba;
Toshkent shahri Yunusobod tumani, Chinobod MFY, Tuzel-2, 9-uy,
10-xonadonda yashovchi D.S.Maksudov tomonidan “litsenziyasiz faoliyat olib borayotganligi natijasida inspektorlar tomonidan qo‘llanilgan jarimadan norozi”ligi bo‘yicha 4 marotaba,
Yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish yo‘nalishiga oid Toshkent viloyati Bo‘ka tumani “Achamayli” MFY, Ziyoli ko‘chasi, 6-uyda yashovchi fuqaro M.Turdiboev tomonidan sun’iy to‘siqlarni olib tashlash bo‘yicha 3 marotaba murojaatlar yuborgan.
Shu bilan birga, avtomobil va suv transportida nazorat yo‘nalishi bo‘yicha Andijan viloyati hududiy bo‘limi davlat inspektorlari ustidan korrupsiya alomatlari mavjudligi yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasi bo‘yicha 4 nafar davlat inspektorlariga nisbatan “Hayfsan” intizomiy tas’sir chorasi qo‘llanilgan va xodisa bilan bog‘liq hujjatlar Farg‘ona transport prokuraturasiga yuborilgan.
Transport nazorat inspeksiyasi tomonidan 2023-yil uchun “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasiga asosan, sayyor qabullarni tashkil etish yuzasidan viloyatlarda sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Transport nazorat inspeksiyasi rahbariyati tomonidan 2023 yil uchun “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning
9-moddasiga asosan, ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganib chiqish bo‘yicha sayyor qabullarni tashkil etish yuzasidan tasdiqlangan jadvalga asosan quyidagi viloyatlarda sayyor qabullar o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 10 ta murojaat qabul qilingan,
Xorazm viloyati – 3 ta murojaat qabul qilingan,
Ushbu qabulda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 13 ta murojaatlar qabul qilingan bo‘lib, uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish bayonlari va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan hamda hududiy davlat inspektorlari tomonidan ijrosi ta’minlangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, Transport nazorat inspeksiyasining hududiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan
2023 yil davomida Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor shaxsiy qabul qilish bo‘yicha tasdiqlangan reja-jadvalga asosan quyidagi hududiy bo‘linma rahbarlari tomonidan joylarda sayyor qabullar o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyati – 4 ta
Samarqand viloyati – 4 ta
Sirdaryo viloyati – 1 ta,
Qashqadaryo viloyati – 4 ta
Toshkent viloyati- 3 ta
Buxoro viloyati – 2 ta
Navoiy viloyati – 2 ta
Andijon viloyati – 2 ta
Surxondaryo viloyati – 4 ta
Jizzax viloyati – 1 ta
Ushbu qabulda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 27 ta murojaatlar qabul qilingan bo‘lib, uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish bayonlari va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan hamda hududiy davlat inspektorlari tomonidan ijrosi ta’minlangan.
Shu bilan birga, Transport nazorat inspeksiyasi rahbariyati hamda hududiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan 2023 yil 4-chorak davomida Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor shaxsiy qabul qilish bo‘yicha tasdiqlangan reja-jadvalga asosan, joriy yilning dekabr oyida Toshkent viloyati va Toshkent shahri sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lsada, bo‘lim tomonidan joylarda sayyor qabul o‘tkazilmadi.
Transport nazorat inspeksiyasiga kelib tushgan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” qonun talablari asosida ko‘rib chiqilishi, murojaat mualliflariga xatlar yuborilishi, buyurtmachi, hokimliklar va sektor rahbarlariga murojaat mazmunidan kelib chiqqan holda takliflar kiritilishi, yuqori turuvchi organlarga belgilangan muddatlarda hisobotlar taqdim etilishi hamda Transport nazorat inspeksiyasi veb-saytiga murojaatlar bo‘yicha ma’lumotlar kiritilishi tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati