Murojaatlar tahlili - 1 chorak yakuni bo‘yicha
Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasida 2024 yil 1-chorak davomida
Jismoniy va yuridik shaxslarning kelib tushgan murojaatlari yuzasidan tahlil.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasiga 2024 yil 1 choragida Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 953 ta murojaatlar kelib tushgan.
Chorak davomida kelib tushgan 953 ta murojaatni tahlil qiladigan bo‘lsak:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti portali orqali 579 ta;
- pochta aloqa vositalari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri 319 ta;
- ishonch telefoni orqali 46 ta;
- Transport nazorati inspeksiyasi veb-sayti orqali 5 ta;
- Tadbirkorlar qabulxonasi orqali 4 ta murojaatlar kelib tushgan.
- Hududlar bo‘yicha eng ko‘p murojaat Toshkent viloyati (350) va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan (131) kelib tushgan.
Transport nazorat inspeksiyasi sohaviy yo‘nalishlari bo‘yicha tahlillarga qaraydigan bo‘lsak:
- Avtomobil va suv transporti nazorat boshqarmasiga – 880 ta;
- Yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish boshqarmasiga – 70 ta;
- Temir yo‘l transporti va metropoliten nazorati boshqarmasiga – 3 ta murojaatlar kelib tushgan.
Avtomobil transporti nazorati sohasi mazmuniga doir murojaatlar quyidagilar:
Yo‘l kira narxining oshishiga oid – 506 ta;
Reyd tadbirlari o‘tkazishga oid – 243 ta;
Litsenziyasiz faoliyatga oid – 118 ta;
Boshqa masalalar- 13 ta.
Yo‘l qurilish nazorati sohasida mazmuniga doir murojaatlar:
Qazish ishlariga oid – 24 ta;
Yo‘l ta’mirlashga oid – 22 ta;
Sun’iy notekislik - 6 ta;
Ko‘priklar holatiga doir – 4 ta;
Boshqa masalalarga doir – 14 ta murojaatlar kelib tushgan.
Inspeksiyaga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra:
290 tasi to‘liq qanoatlantirilgan;
478 tasiga tushuntirish berilgan;
60 tasiga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan;
17 tasi ko‘rib chiqilishi tugatilgan;
3 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan yoki anonim bo‘lgan;
105 tasi o‘rganish jarayonida.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasiga asosan, inspeksiya boshlig‘i va hududiy bo‘lim rahbarlari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazilgan. Andijon, Toshkent, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida tashkil etilgan cayyor qabullarda murojaatchilardan tushgan savollarning aksariyati joyida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qolganlari hududiy bo‘lim boshliqlari nazoratiga olingan.
Inspeksiyaga kelib tushgan murojaatlardagi tahlil qilinib, ko‘p uchragan muammolarni bartaraf etish va takroriy murojaatlar salmog‘ini kamaytirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, avtomobil va suv transportida nazorat yo‘nalishida inspektorlar tomonidan joriy yilning dastlabki uch oyida amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida 439 ta profilaktik va 4097 reyd tadbirlar o‘tkazildi. Reyd tadbirlari davomida 34776 ta qoidabuzar aniqlanib tegishli ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga yuborildi.
Yo‘l qurilish yo‘nalishidagi 70 ta murojaatda ko‘rsatilgan holatlarni o‘rganish va qoidabuzarliklarni baratarf etish uchun Biznes-ombudsman bilan kelishgan holda 10 ta tadbirkorlik sub’ektida tekshirishlar amalga oshirildi hamda 39 ta qoidabuzarliklar aniqlandi.
Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha 23 ta bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Nazorat qilish ishlari natijasida 1981,06 mln.so‘mlik aniqlangan sifatsiz bajarilgan ishlarning hajmini to‘lovdan chiqarish bo‘yicha buyurtmachilarga talabnomalar kiritildi.
Bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalardagi qoidabuzarliklarni bartaraf etmagan hamda yo‘l qurilishi ob’ektlarida normativ hujjatlari talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosida 5 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborildi.
Qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar buzilishlariga yo‘l qo‘ygan tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan 2 ta taqdimnoma kiritildi.
Inspeksiyaga kelib tushgan murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” to‘g‘risidagi qonun talablari asosida ko‘rib chiqilishi, murojaat mualliflariga javob xatlar yuborilishi, buyurtmachi, hokimliklar va sektor rahbarlariga murojaat mazmunidan kelib chiqqan holda takliflar kiritilishi tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati