MUROJAAT

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi

Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i

Karimov Jamshid Abduhamidovichning

inspeksiya xodimlari va jamoatchilikka

MUROJAATI

Taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan O‘zbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan naqadar xavfli va eng katta illatlardan biri ekanligi hammamizga ma’lum. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev: “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak”, - deb bejizga ta’kidlamaganlar. Korrupsiyaga qarshi nafaqat O‘zbekiston balki butun dunyoda keskin kurash olib borilmoqda.

Respublikamizda har bir amalga oshirilayotgan islohot “Inson qadri uchun“,  “Davlat – insonlar uchun” degan xalqchil g‘oya, izchillik bilan qaror topib bormoqda. Xususan, Transport nazorati  inspeksiyasi ham transport sohasida davlat nazoratini amalga oshirib kelmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda inson va uning qadr-qimmatini yuksaltirish borasida ochiqlik hamda shaffoflikka asoslangan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Iqtisodiyotda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan transport sohasida har kuni minglab transport vositalari hamda poezdlar harakatlanadi va minglab insonlarni, yuklarni o‘z manzili tomon eltadi. O‘z navbatida, Transport nazorati inspeksiyasi uchun ham transportda tashishlarda insonlarning xavfsizligini ta’minlash eng birlamchi vazifalardan hisoblanadi. Shu bilan birga, respublikamiz hududida yashovchi fuqarolar hamda yurtimizga tashrif buyurayotgan chet ellik mehmonlarning uzog‘ini yaqin qilayotgan zamonaviy, qulay yo‘lovchi poezdlar va transport vositalarining o‘z vaqtida xavfsizligini ta’minlash barchamizning vazifamiz.

Shuningdek, yuklarni tashish temir yo‘l hamda avtomobil transportining asosiy funksiyalaridan hisoblanib, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarilishi jarayonidan tortib, uni davom ettirish va yakunlash hamda aholining ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan yuklarni manziliga xavfsiz yetkazishdan iboratdir. Bunda esa inspeksiyaning o‘z majburiyatlari bor.

Bu boradagi ishlarni samarali tashkil etishda inspeksiya xodimlari o‘z ishini mas’uliyat va vijdonan bajarishi muhim hisoblanadi.  Bilamizki, korrupsiya shunday illatki, uni bir yoki ikki idoraning sa’y-harakati bilan batamom yo‘q qilib bo‘lmaydi. Qachonki, barcha fuqarolarimiz, jamoatchilik unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yo‘q qilishga kirishilsagina ijobiy natijaga erishish mumkin.

Korrupsiya nafaqat mamlakatga moddiy yo‘qotish olib keladi, balki tadbirkorlik rivojiga, qonun ustuvorligini shakllantirishga to‘sqinlik qiladi, jamiyatda ijtimoiy keskinlikni, davlat boshqaruv organlariga ishonchsizlikni keltirib chiqaradi va natijada halokatli oqibatlar yuzaga keladi.

Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash Uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizom, aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish Reglamenti, etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha, kontragentlarni tekshirishga oid va ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha Yo‘riqnomalar, Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish Uslubiyoti, korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish bo‘yicha Nizom hamda korrupsiyaviy hatti-harakatlari va odob-ahloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha Reglamenti tasdiqlangan va doimiy ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, inspeksiyaning 2024 yil 25 apreldagi tasdiqlangan Korrupsiyaviy xavf-xatarlar Xaritasi hamda Inspeksiya markaziy apparati va hududiy filiallarining korrupsiyaga qarshi kurashish DASTURI asosida ishlar amalga oshirilmoqda.

2024 yilning II choragida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-son qarori 11-bandi ijrosi yuzasidan “halollik vaksinasi” tamoyili asosida davlat xizmatchilarini muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob axloq qoidalari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarda o‘qitish tizimini joriy etilishi munosabati bilan inspeksiyasining 120 nafar boshqaruv xodimlarini Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish masalalari bo‘yicha 12 soatlik masofaviy o‘quv kurslarda o‘qitish rejalashtirilgan.

Inspeksiyaning 2021 yil 12 apreldagi “Ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 97-son buyrug‘iga muvofiq Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda e’lon qilingan mustaqil, ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Inspeksiyada xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi kurashish shartlari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritildi.

Inspeksiyada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida tezkor xabar berish imkonini beruvchi aloqa kanallari, maxsus axborot portallari, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Inspeksiyaning rasmiy sayti (“uztn.uz”), telegram kanali (“https://t.me/Uztransnazorat”) faoliyat yuritmoqda.  Korrupsion holatlar haqida xabar berish uchun qayta aloqa boti (“https://t.me/anticorruption_uztn_bot”) tashkil qilingan. O‘z navbatida, inspeksiyada korrupsiya holatlari haqida xabar berish mexanizmi joriy etilgan bo‘lib, xabar bergan xodimlarni rag‘batlantirish, ularning ta’qibga olinmasligi kafolatlanadi. 

Poraxo‘rlik jamiyat barqarorligining muhim asosi bo‘lgan adolatning yo‘qolishiga, qonunlarni mensimaslikka olib keladi. Xalqimiz farovonligi va soha rivojini istagan har bir xodim hamda ular bilan munosabatlarga kirishuvchi davlat tashkiloti va korxonalari, shu bilan birgalikda tadbirkorlik sub’ekti pora olish va berish illatidan xalos bo‘lishi, bir so‘z bilan aytganda “halollik vaksinasi” bilan emlanishi shartdir.

Agarda, mazkur illat inspeksiyaning xodimlari faoliyatida uchrasa, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga albatta o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganlaridek “davlat tizimini ichidan yemiradigan, ijtimoiy barqarorlik kushandasi bo‘lgan korrupsiya balosiga qarshi, byurokratiyaning har qanday ko‘rinishlariga, odamlarni mensimaslik,  mahalliychilik va guruhbozlik illatlariga qarshi barchamiz keskin kurash olib borishimiz kerak”.

Afsuski, ba’zi sohalarda faoliyat yuritayotgan ayrim nopok xodimlar o‘z mafaatlarini ko‘zlab, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, noqonuniy ishlarga aralashib qolayotgani achinarli holatdir. “Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda ham chiqadi” degan maqol bejiz aytilmagan. Sodir etilgan har qanday poraxo‘rlik sirligicha qolmaydi, albatta oshkor bo‘ladi. Shuning uchun  sizlarni ogohlantirib o‘tmoqchiman, har qanday jinoyat uchun jazo muqarrardir, buni har bir inspeksiya xodimi butun vujudi bilan his qilishi, ko‘z oldiga bolalari, ota-onasi va aka-ukalarini keltirishi lozim.

Barchamiz vakolat doiramizdan, xizmat vazifamizdan hamda fuqarolik burchimizdan kelib chiqib, har bir korxona va tashkilotlarda, shuningdek, tuman, shahar va mahalla hududidan o‘tuvchi temir yo‘l va avtomobil yo‘llarida  harakat xavfsizligiga qaratilgan qonunchilik talablarini so‘zsiz bajarilishini ta’minlashimiz zarur.

Korxona va tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentyabrdagi PQ-374-sonli asosida o‘tkazilayotgan tekshiruvlarda ishtirok etayotgan Avtomobil va suv transportida nazorat boshqarmasi, Temir yo‘l transporti va metropolitenda nazorat boshqarmasi hamda Yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish boshqarmasi bo‘yicha har bir inspektorni men shunday ta’riflagan bo‘lardim – bu oddiy xodim emas, u davlat topshirig‘i va manfaatlari bo‘yicha uning nomidan harakat qiluvchi shaxsdirShuning uchun Transport nazorati inspeksiyasi xodimi degan yuksak hamda sharafli nomga dog‘ tushirmaslik uchun halol bo‘lishimiz, oldimizga qo‘yilgan vazifalarni vijdonan, vatanparvarlik tuyg‘usini to‘liq his etgan holda bajarishimiz lozim bo‘ladi. Tekshiruvlar tartibini buzgan xodimlar Ma’muriy javobgarlik kodeksining 2412, 2002, 2411-2414, 2416, 2418, 24110 - moddalari hamda Jinoyat kodeksining 922-moddasiga muvofiq ma’muriy va jinoiy javobgarlikka toritilishini esdan chiqarmaslik zarur.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi  “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 829-son qaroriga muvofiq korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarliklar hamda korrupsiyaga oid jinoyatlar turlari belgilangan.

korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarliklar — O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 611, 1931 va 1932-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar

korrupsiyaga oid jinoyatlar — O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 167-moddasining ikkinchi qismi «g» bandi, 168-moddasining uchinchi qismi «v» bandi, 1929 va 19210, 205, 209 - 214-moddalari, 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni mansab mavqeidan foydalangan holda sodir etish hamda 301-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlarni o‘z ichiga oladi.

Inspeksiya xodimi yuragi, qo‘li toza, ko‘ngli ochiq, aql va zakovat sohibi bo‘lsa, u albatta halq ishonchini, e’tiborini qozona oladi. Shunday ekan, inspeksiyaning samarali faoliyati uchun avvalambor o‘zimiz mas’ul ekanligimizni unutmaylik.

Kelinglar, korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi birgalikda murosasiz kurash olib boraylik!

 

Murojaatlar uchun ishonch telefon raqami: 71-202-05-01 (452).