Moskvada "Transport haftaligi – 2024"
Uchrashuvda tomonlar avtomobil transportida yuk va yo‘lovchi tashishda taxograflardan foydalanish samaradorligi bo‘yicha amaliy tajriba almashishdi. “Rosavtotrans” bosh direktorining o'rinbosari Oleg Tolstuxin Rossiya Federatsiyasi hududida milliy taxografiya va AETR(Xalqaro avtomobil tashishlarini amalga oshiradigan transport vositalari ekipajlari ishi to'g'risidagi Yevropa kelishuvi)dan foydalanish tajribasi bilan o'rtoqlashdi.
Ishtirokchilar mamlakatlar ichida avtomobil transportini me’yoriy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalarini, shuningdek, AETR kelishuviga kiritilmagan davlatlar bilan yuk tashishda haydovchilar tomonidan mehnat va dam olish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha qator masalalarni muhokama qildilar.
Uchrashuvda “Rosavtotrans” rahbariyati va taxograf bilan bevosita faoliyati bog‘liq bo‘lgan xodimlari, Transport nazorati inspeksiyasidan rahbar o‘rinbosari S.Tursunov, mutaxassislar Sh.Toshev, A.Ruziyev, «Transport ilmiy-tadqiqot markazi» МChJ direktori U.Iminov, mazkur markaz mutaxassisi A.Turdibekov va "Raqamli transport" markazi xodimi U.Ergashevlar ishtirok etishdi.
Tomonlar uchrashuvning ijobiy va samarali natijalarini inobatga olgan holda kelgusida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib oldilar.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati