Manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar bermaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonun bilan birga mazkur Qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-210-son Qarori va O'zbekiston Respublikasining 2017-yildagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida" O'RQ-419-son Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.05.2019 yildagi "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5729-son Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son qarorining mazmun-mohiyatlari tushuntirib o'tildi.
Transport nazorati inspeksiyasida mazkur qonun va qaror mazmun mohiyatini inspeksiya xodimlariga yetkazish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda inspeksiya markaziy apparati hamda barcha hududiy bo‘lim xodimlari videokonferens-aloqa orqali ishtirok etishdi.
Qonun bilan Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar, shuningdek javobgarlik masalalari qamrab olingan.
Seminarda Qonunning har bir moddasiga alohida to‘xtalib, batafsil tushuntirish berildi. Xodimlar tomonidan tushgan savollarga ham asosli javoblar berildi.
Inspeksiyaning ichki idoraviy hujjatlarida belgilangan talablarni “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirish bo‘yicha inspeksiya boshlig‘i rahbarligida ishchi guruhi tashkil etilgan bo‘lib, mazkur ishchi guruh tomonidan tegishli hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish belgilandi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati