Mahalla kutubxonasiga kitoblar topshirildi

 

 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan yangicha tizim – Mahallabay ish tashkil etish tizimi butun respublikamizni qamrab oldi. Bunda vazirlik va idoralar xodimlari joylarga chiqib, muammolarni tizimli o‘rganishadi hamda bartaraf etishadi. Poytaxtimizdagi Mirzo Ulug‘bek tumaniga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va vazirlik tizim tashkilotlari xodimlari ham yakdillik bilan tumandagi mahallar kesimida aholi bilan muloqot uyushtirib, o‘rganishlar olib borishyapti.

 O‘rganishlar davomida aniqlangan har bir muammo bartaraf etish choralari ko‘rilyapti. Mahallalar hududi ham obodonlashtirilib, yo‘llar, yo‘laklar tartibga keltirilmoqda. Manzarali ko‘chatlar ekilyapti.

 Fuqarolarning maʼnaviy bilimini mustahkamlash, aholini kitobxonlik saviyasini oshirish ham ishchi guruh aʼzolarning doimiy eʼtiborida. Jumladan, 26 mart kuni Transport vazirligi huzuridagi “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimlari tashabbusi bilan “Katta Qorasuv” mahallasi kutubxonasiga turli mavzulardagi kitoblar taqdim etildi. Bu orqali mahalla yoshu-qarisining sevimli go‘shasiga aylangan maskan fondi ko‘plab qiziqarli kitoblar bilan boyitildi. Kitob tarqatish tadbirlari tumandagi boshqa mahallalarda ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati