Mahalla fuqarolar yig‘inida seminar o`tkazildi

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Farg‘ona hududiy sho‘basi boshlig‘i B.T.Xojiboyev tomonidan 2023-yil 11-may kuni Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Temir yo‘l xavfli hudud” mavzusi bo‘yicha navbatdagi seminar yig‘ilish o‘tkazildi. Seminarda MFY raisi O.Maxmudov va mahalla fuqarolaridan 13 kishi va Qo‘qon “MTU” UKga qarashli “Temir yo‘l masofasi” korxonasi yo‘l ustasi M.Abduhalimovlar ishtirok etdi.

Unga ko‘ra 2023-yilning 1-choragida Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida insonlar va avtotransport vositalari bilan temir yo‘l kesishmalarida sodir etilgan harakat xavfsizligi buzilishi holatlari tahlili yuzasidan kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi. Kelgusida temir yo‘l transporti hududida xavfsizlikka rioya qilish qoidalari tushuntirildi va zaruriy ko‘rsatmalar berildi.