Kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda
Andijon viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi, Transport nazorat inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Andijon hududiy bo‘limi va IIB JXX YHXB bilan hamkorlikda Andijon Xo'jaobod tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega A-373 "M39 avtoyoli Guliston-Bo'ka-Angren-Qo'qon-Andijon orqali O'sh" avtomobil yo‘lining 458 km qismida joylashgan maxsus punktda transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish yuzasidan nazorat-reyd tadbirlari olib borildi.
Nazorat tadbiri davomida belgilangan me’yordan ortiqcha yuk bilan harakatlanayotgan transport vositalari haydovchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, bu kabi holatlarni oldini olish yuzasidan targ'ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati