Korrupsiya – kelajak zavoli!
Transport nazorati inspeksiyasi markaziy apparatida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish bo`yicha tadbir tashkil etildi. Inspeksiya boshlig`i J.Karimov boshchiligidagi tadbirda mazkur illatning oldini olish uchun barcha xodimlar hamkorlikda harakat qilishi lozimligi, hududiy bo`limlar rahbarlari bu borada mas`uliyatni chuqur his qilishlari kerakligi ta`kidlandi.
Nazorat tadbirlari davomida amaldagi qonunchilik talablariga qat`iy rioya qilish lozimligi tushuntirilib, qoidabuzarlikka yo`l qo`yish oqibatlari to`g`risida ham batafsil ma`lumot berildi. Jumladan, tekshiruvlar tartibini buzish Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 2412, 2002, 2411-2414, 2416, 2418, 24110 - moddalari hamda Jinoyat kodeksining 922-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo`lishi ma`lum qilindi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” Qonunlari va mazkur Qonunlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida qabul qilingan qonunosti hujjatlar mazmun mohiyati tushuntirildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati