Nazorat reyd tadbirlari

Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobus yo‘lovchilarini o‘z manzillariga xavfsiz yetkazib qo‘yilishini ta’minlash maqsadida Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan hududlarda IIV YHXX bilan hamkorlikda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Reyd tadbirlari davomida haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga amal qilish holati, avtobuslarda taxograf uskunalarining mavjudligi va texnik soz holda ekanligi nazorat qilinmoqda.

Shuningdek, yo‘lovchi tashuvlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar asosida amalga oshirilishini tashkil etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati