Kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-avgustdagi 488-son “Kemalarni xususiy sektor tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi  (https://mintrans.uz/news/kemalarni-xususiy-sektor-tomonidan-texnik-ko-rikdan-o-tkazish-tartibi-to-g-risida-nizom-tasdiqlandi)

Qaror bilan Transport nazorati inspeksiyasiga:

kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlarining imkoniyatiga baho berish va xulosa tayyorlash;

tadbirkorlik subyektlari tomonidan kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish;

texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan kemalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kema reestriga kiritib borish;

tadbirkorlik subyektlarining kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlarini monitoring qilish vazifalari belgilab qo‘yildi.