Keksalar holidan xabar olindi

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi hamda inspeksiya kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan inspeksiyada 10 yil va undan ortiq muddat ishlab pensiyaga chiqqan yolg‘iz keksalar, pensionerlar, shuningdek nogironlar, kam taʼminlangan va ko‘p bolali oilalarga ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili Navro‘z, Xotira va  Qadrlash kuni hamda Mustaqillik bayramlari arafasida maqsadli xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.

Bugun mazkur tadbirlar doirasida 9 may – Xotira va Qadrlash kuni hamda Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan mehnat jamoasida uzoq yillar davomida ishlab, pensiyaga chiqqan bir guruh pensionerlarning uylariga tashrif buyurildi. Faxriylar bilan so‘nggi yangiliklar, sohadagi o‘zgarishlar, galdagi vazifalar borasida fikr almashildi. Ular ijtimoiy soha ayniqsa, keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va eʼtibordan mamnunliklarini yashirib o‘tirishmadi. Shuningdek uzoq yillik ish faoliyatlaridagi qiziqarli voqealar ham esga olindi.  

Tashrif doirasida bayram munosabati bilan inspeksiya kasaba uyushma qo`mitasi tomonidan ajratilgan moddiy yordam pullari va sovg‘alar topshirildi. Poytaxtda istiqomat qiladigan pensionerlarga kasaba uyushma qo‘mitasi raisi D.Madaminova hamda markaziy apparat xodimlari, hududlardagi faxriylarga esa filial rahbarlari  moddiy yordam pullarini topshirishdi.

Inspeksiya kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlar va pensionerlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yana-da yaxshilashga qaratilgan tadbirlarini muntazam ravishda amalga oshirishni rejalashtirgan.

 O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati