Kabotaj tashuvlarini oldini olish bo'yicha

Transport nazorat inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat hududiy bo'lim inspektorlari tomonidan xorijiy tashuvchilarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarida yo‘lovchilar va yuklarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish - kabotaj tashuvlarini oldini olish bo'yicha Respublika bo'ylab reyd tadbirlari davom etmoqda.

Reyd tadbirlari davomida aniqlangan qoidabuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli bandlariga asosan choralar ko`rilmoqda.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati