Yo‘l xo‘jaligida xavfsizlik talablari tushuntirildi

 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” Orolbo‘yi hududiy filiali xodimlari profilaktik tadbirlar orqali temir yo‘l sohasida xavfsizlikni taʼminlash, ko‘ngilsiz holatlarni oldini olishga eʼtibor qaratishmoqda. Jumladan, yo‘l xo‘jaligi bo‘yicha joriy yilning birinchi yarim yilligida harakat xavfsizligini taʼminlanishini nazorat qilish, yo‘l xo‘jaligi  ishlari samaradorligini oshirish, yaʼni bu borada xizmat muddati o‘tgan eski strelka o‘tkazgichlarni  almashtirish orqali amalga oshirmoqdalar.    

Yo‘l xo‘jaligi bo‘yicha bosh inspektor tomonidan “Qo‘ng‘irot”, “Jasliq” va “Urganch” yo‘l xo‘jaligi masofasi korxonalariga yo‘l qurilmalariga xizmat ko‘rsatish va saqlash qoidalariga to‘liq rioya qilish, kuzatuv jarayonlari davomida aniqlangan kamchiliklarning bajarilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bundan tashqari yo‘l xo‘jaligi  qurilmalarining o‘z vaqtida rejaviy ogohlantirish ishlarini o‘z vaqtida tashkillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. Harakat xavfsizligini taʼminlashda yangi texnika va texnologiyalarni keng joriy etish hamda yo‘l xo‘jaligi qurilmalarining qoidalarini sifatli bajarilishi bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar berildi.

“Qo‘ng‘irot”, “Jasliq”, “Urganch” yo‘l xo‘jaligi masofasi bo‘yicha 6 oy davomida 56 ta profilaktik ishlari tashkillashtirilgan bo‘lib 318 ta kamchilik aniqlangan. Bugungi kunda aksariyat kamchiliklar bartaraf etildi. Shuningdek, profilaktik ishlar davomida yo‘l xo‘jaligi masofasidagi 93 holatda PTE qoidalarining talabi buzilishi sabablari ko‘rsatib o‘tilgan holda, takrorlanmasligi uchun kerakli tavsiyalar berildi.

“Qo‘ng‘irot” mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli “Qo‘ng‘irot”, “Jasliq” va “Urganch” yo‘l xo‘jaligi  taʼminoti distansiyalarida xodimlar bilan “Xavfsizlik kuni” tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida 2020 yil 7 oyi davomida  yo‘l qo‘yilgan harakat xavfsizligi nuqsonlari va temir yo‘l kesishmalarida ro‘y bergan turli holatlar ko‘rsatib o‘tildi va ularning kelib chiqish sabablari batafsil tushuntirildi. Bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlar tushuntirildi.

Bugungi kunda inspeksiyaning markaziy apparati va barcha filiallarida profilaktik tadbirlar karantin talablariga rioya qilgan holda davom etmoqda.

  “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati