Jamoatchilik kengashining yig'ilishi o'tkazildi

Transport nazorati inspeksiyasi huzurida Jamoatchilik kengashi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, Kengash a’zolarini tanishtirish, yillik ish rejani tasdiqlash va rejaga asosan mavzu yuzasidan muhokama yi’g‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi dastlabki masala yuzasidan inspeksiya boshlig‘ining matbuot kotibi-axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Xayriddinov so‘zga chiqib, Transport nazorati inspeksiyasining tashkil etilganligi, maqomi, vazifalari haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, inspeksiya o‘z faoliyatini jamoatchilik va OAV bilan hamnafas olib borishni maqsad qilganligi bois, Jamoatchilik kengashi faoliyatini ham har tomonlama qo‘llab quvvatlashini bildirdi. Ochiqlikni ta’minlash maqsadida joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan  hisobot berdi. Inspeksiya xodimlari    2 ta press-tadbir (matbuot anjumani va brifing), sohaga oid qator ochiq muloqot shaklidagi ko‘rsatuvlarda ishtirok etilgani bayon etildi. Inspeksiya faoliyati rasmiy sahifalar, mahalliy va xorijiy OAVda keng yoritilayotganini bildirdi. Tanqidiy tahliliy materiallarga tezkor javob berish tizimi ham yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng Jamoatchilik kengashining yangi tarkibi, raisi, rais o‘rinbosari va a’zolari tanishtirildi. Jamoatchilik kengashining yillik rejasi loyihasi yig‘ilganlarga taqdim etildi hamda Jamoatchilik kengashi tomonidan ma’qullandi.

Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida a’zolar va inspeksiya xodimlari o‘zlarining fikr-mulohazalari va savollari bilan ishtirok etishdi.

 

Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati