Ijro intizomi doimiy nazoratda!

Bugun Transport vazirligi majlislar zalida sohada ijro intizomini mustahkamlashda amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularning natijadorligi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari, hududiy transport boshqarmalarining rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

 Dastlab Davlat rahbarining hududlarga amalga oshirgan tashrifi davomida Transport vazirligiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosi to‘g‘risida Hududlarda transportni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i A.Xujanov hisoboti tinglandi. Hududlarda jamoat transportini yana-da rivojlantirish borasida vazirlikning departament va boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalar bo‘yicha masʼullar axborot berishdi.

 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hisob Palatasi tomonidan nazoratga olingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumat hujjatlaridagi bajarish muddatlari yaqinlashayotgan topshiriqlarni kechiktirmasdan ijrosini taʼminlash yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Bu kabi yig‘ilishlar har hafta o‘tkazilishi belgilab olindi.

 “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati